zakovatklubi.uz

Kembridj universitetining ikki fizik professori ushbu predmet ustida ilmiy tadqiqot olib boradi va bir savolga javob qidiradi. Hattoki ularning maqolasi oʻta nufuzli jurnalda chop etiladi. Ularning topgan javobi shundoq ham deyarli hammaga maʼlum edi: nay uchidagi plastinkalarda 2 ta nosemmitrik kichik teshiklar bor, teshiklar orasida esa bir necha millimetrli silindirsimon boʻshliq mavjud. Chiqayotgan gaz ushbu boʻshliqda qarama-qarshi devorlarga urilgach, girdob yuzaga keladi va tebranish ortidan toʻlqinlar hosil boʻladi. Bor gap shu, oddiy fizika qonunlari. Republic.ru sayti ushbu tadqiqot uchun Shnobel mukofoti berish kerakligini taʼkidlagan. Telegraf nashrining yozishicha, xalq orasidagi irimga koʻra, ushbu predmetning uyda boʻlishi boylikni qochiradi. Shu sababli uning elektronidan foydalanish tavsiya etiladi. Diqqat savol: ushbu predmetni 2 soʻz bilan yozib bering.

Manba