Sobiq nemis armiyasi razvedka xizmati rahbari Valter Shellenberg oʻz xotiralarida yozishicha, Germaniya avvalroq SSSRga qarshi nemis X-laridan foydalanmoqchi boʻlgan, biroq nomaʼlum sabablarga koʻra buni amalga oshirmagan. 1971-yilda suratga olingan film qahramonlaridan biri X-lar haqidagi filmni koʻrgach, X-ni Y-ga oʻxshatgan edi. Qiziqarlisi shundaki, oʻsha film ham Y asosida ekranlashtirilgan. Agar X nima ekanligini topgan boʻlsangiz, Y-ni javob varaqangizga ikki soʻz bilan yozing.