Diqqat, qora quti! Dastlab bu nom buddistlarning rahm-shafqat xudosi sharafiga oltita harfdan iborat edi. Ammo diniy tashkilotlarning noroziliklari "K" va "W" harflarini bitta "C" harfiga almashtirishga olib keldi. Endi bu nom yozilishi va talaffuzi boʻyicha qandaydir qurol, harbiy aslahani anglatuvchi inglizcha soʻzga oʻxshab qoldi. Qora quti ichidagi ancha keng tarqalgan buyumga tushirilgan ushbu nomni yozing.