“Javondagi shivir-shivirlar” nomli hikoyada kitoblar bosh qahramonlari tili bilan soʻzlashadi. Koʻpdan beri oʻqilmay javonda turgan “Robinzon Kruzo” kitobi “Men 28 yil-u 2 oy 12 kun nomaʼlum orolda qolib, umidsizlikka tushmagandim. Afsus, bugun shu javonda sargʻayib, meni qutqarishga keladigan odamni kutib oʻlib ketaman” deydi. Shunda bir kitob oʻz qahramoni tilidan “men ham oʻlim changalida, kimsasiz orolda 2 ta matrosim bilan yolgʻiz qolib ketgan Uman. Bizni yaxshi odamlar va FARZANDLARIM “Dunkan” kemasida kelib qutqardilar” deydi. Savol: U qaysi qahramon ekanligini topgan boʻlsangiz, oʻsha kitob nomini yozib bering.