“Java” tilida dasturlangan “PES” seriyasining eski oʻyinlarida foydalanuvchi boshqarayotgan jamoa chiroyli gol urganda, gol quvonchiga IKS ham qoʻshilardi. Agar qurilmangiz kerakli koʻrsatkichlarni qoʻllab-quvvatlasa, “PS Remote Play” dasturidan foydalanib siz ham IKS boʻlishingiz mumkin. IKS bilan almashtirilgan tushunchani ikki soʻz bilan yozing.