Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi maʼnaviy” asarida bir qariya zargar yoniga oʻz oltinini oʻlchab olish uchun keladi va undan tarozi soʻraydi. Zargar esa “menda U yoʻq” deydi. Chol “kulma, menga tarozingni berib tur” desa, doʻkondor endi “Bu yoʻq edi” deydi. Qariya undan izoh soʻragach, mayda zarlarni olib kelgani va keksaligi sababli rostan ham U va Bu kerak boʻlishi mumkinligini tushunadi. Diqqat savol: U va Bu qaysi roʻzgʻor buyumlari?