Ro'yxatni yozib oling: "Rolling Stones" gitarachisi Brayan Jons, rok-xonanda Jenis Joplin, "Doors" asoschisi Jim Morrison, rok-gitarachi Jimi Hendriks. Bu musiqachilarning barchasi bitta klub a'zosi bo'lgan. Ularning har birining ismi yoki familiyasi inglizcha "J" harfi bilan boshlanishini payqash mumkin. Ammo ularni klubga olib kelgan narsa bu emas, ayniqsa keyinchalik u yerga "Nirvana" guruhi yetakchisi Kurt Kobeyn ham qabul qilinganini hisobga olsa. Aslida bu ajoyib musiqachilarning barchasini bitta klubda nima birlashtiradi?