Kunlarning birida teatrlardan birida "Varfolomey kechasi" spektakli ketayotgan edi. Toʻsatdan Karl IX ga saroyga gugenotlar bostirib kirganini xabar qilishi kerak boʻlgan aktyor yoʻqligi maʼlum boʻldi. Rejissyor statisni (ommaviy sahna ishtirokchisini) chaqirib: "Sahnaga yugurib chiq va: 'Aʼlohazrat, saroyga gugenotlar bostirib kirdi!' deb baqir" deb uni sahnaga itarib yubordi. Tajribasiz statis: "Aʼlohazrat, saroyga bostirib kirishdi..." deb baqirdi. "Xudoga shukur, harqalay Yevgeniy Oneginlar emas ekan!" deb javob berdi monarx rolini ijro etayotgan aktyor umumiy kulgi ostida. Statisning fikricha, saroyga kimlar bostirib kirgan edi?