Yevropa uchun notinch boʻlgan XV asrda taxtga oʻtirgan Rim papasi Sikst IV ochiqchasiga oʻz oilasining hokimiyatini mustahkamlash bilan shugʻullandi, qarindoshlariga cherkov lavozimlarini ulashdi va ularga Italiya knyazliklari hamda gersogliklarini qoʻlga kiritishda yordam berdi. Gʻazablangan zamondoshlari haqiqiy ULAR — bu papaning jiyanlari ekanligini aytishgan. Fol ochishga bagʻishlangan bir saytda esa, muvaffaqiyatli fol ochish uchun misdan yasalgan yoki oxirgi paytlarda ommalashgan keramik ULAR yaxshi ekanligi, lekin hech qanday holatda kumushdan boʻlmasligi kerakligi aytiladi. "ULAR" olmoshi bilan qaysi soʻz almashtirilgan?