Xitoy tarixchilari eftaliylarni (IV-VI asrlardagi Oʻrta Osiyo xalqi) tasvirlashda, ayollar bir yoki bir nechta shoxchali shoxli moʻynali qalpoq kiyishganini koʻrsatib oʻtishgan. Qalpoqlardagi bu shoxchalar nimani anglatishi mumkin edi?
Eftaliylarda poliandriya deb ataladigan juda qiziqarli nikoh shakli boʻlgan. Bir ayolning bir nechta eri boʻlishi mumkin edi, bunda aka-ukalar bitta xotinga ega boʻlishgan. Qalpoqdagi shoxchalar soni oʻsha ayolning erlari soniga mos kelgan.