gotquestions.online

Angliya qiroli Georg IV yoshligidan dabdabali kiyinishni xush ko‘ruvchi, maishatparast, isrofchi bo‘lgan, tungi sayrlar, teatrlar va ko‘ngilochar tadbirlarni yaxshi ko‘rgan. 1779-yilda u Shekspir pyesasida aktrisa Meri Robinsonni ko‘rib, unga ko‘ngil qo‘yadi. U o‘z xatlarini o‘sha pyesadagi oshiq qahramon nomi bilan imzolay boshlaydi. Keyinchalik bu imzo uning laqabiga aylanadi. Taxminan bir asr o‘tgach, o‘sha yerlarda zerikishni yomon ko‘radigan, kiyim almashtirishni va pul sochishni yaxshi ko‘radigan kamida shunchalik mashhur bir inson paydo bo‘ladi. Uning ismi ham aynan shunday edi. Uni ayting.

Manba