Iudaizmda «nazir» atamasi oʻzini xudoga bagʻishlagan va uning yoʻlida xizmat qilishga ahd qilgan odamga nisbatan aytiladi. Ularga uzum va uzumdan tayyorlangan narsalarni isteʼmol qilish, oʻlgan kishilarga teginish, sochlarini olish taqiqlangan. Rubensning kartinasida ana shunday qasam ichgan kishilardan biriga nisbatan hiyonat sahnasi tasvirlangan boʻlib, ishtirokchilardan birining qoʻlida toshni koʻrishimiz mumkin. Bir daqiqadan keyin, almashtirilgan soʻzni emas, kim hiyonat qurboni boʻlganini yozib bering.