Italiyaning Milan klubi qoʻlga kiritgan koʻplab titullari bilan bir qatorda laqablari bilan ham mashhur. Oʻtgan asrning 80-yillari boshida Milan tarixida 2-marta ushbu gʻamgin holatga duch kelganida, ularning murosasiz raqiblari boʻlmish Inter muxlislari laqablar kolleksiyasini yanada boyitdilar. Xuddi shu laqabni klubga hech qanday aloqasi boʻlmagan dunyoga mashhur fransiyalik himoyachi ham tashiydi. Men sizdan laqab qanday ekanligini soʻramayman. Fransiyalik himoyachi kim ekanligini topishga harakat qiling.