Italiya B seriyasida oʻtgan haftada boʻlib oʻtgan “Virtus Entella” – “Vichensa” oʻyinida “Vichensa” oʻyinchisi Kristian Galano toʻp undan chiqib ketganini aytib, hakamning “Vichensa” foydasiga belgilagan burchak zarbasini bekor qilishni soʻradi. Natijada Kristian birinchi boʻlib X olgan futbolchi boʻldi. Boshqa maʼnoda X esa chet el fuqarolarini roʻyxatga olish aktiga muvofiq berila boshlangan. Siz esa X bilan almashtirilgan soʻzlarni ayting.