Ishqiyya taʼlimoti vakillari inson borliq bilan muvozanatda boʻlishi uchun hech narsa chalgʻitmasligi kerak deb hisoblashgani sababli shahar, odamlar, bozorlar shovqinidan qochib hech kim yoʻq yerlarni qidirib, oʻzlariga joy qilishgan. Shu yerdan oʻtib ketayotgan har bir kishi musofirxonada bir kechaga yoki umrbod qolishi, ovqat va suv soʻrashi mumkin boʻlgan. Bunday joylar qishloq, shaharcha koʻrinishida bugungi kunlargacha saqlanib qolgan. Bu qishloqlar uchun umumiy boʻlgan nomini yozib bering.