Iroqlik futbolchi Habib Jafar aytishicha, taxminan 30 yil avval terma jamoa yomon o‘ynagani uchun uni hibsga olishgan. Bo‘sh qolgan soqchilar futbolchiga BUNI QILISHNI buyurib, keyin ustidan kulishgan. “Breaking Bad” serialining 3-mavsum qismlaridan birida Uolter BUNI QILAYOTGANDA oyog‘i bilan shiftga osilgan chiroqni ham sindirib qo‘ygan edi. Bu harakat bilan almashtirilgan ikki so‘zni yozing.