zakovatklubi.uz

Intellektual toʻy. Zakovat - kitob ulashish kabi foydali va elga osh tarqatishdek savobli loyiha. Chunki, savol tuzuvchilar oʻzi koʻrgan va oʻqigan qiziq maʼlumotlar ichidan qaymogʻini savol shakliga solib, “intellektual toʻy” sahnasida ijro etib beradi. Oʻzbek qayerda jamlanmasin, qadimiy protokol, yaʼni anʼana boʻyicha ish koʻradi. Aniqrogʻi toʻydan oldin yigʻilib, masalliqlar hozirlanadi. Fargʻona zakovat klubida ham asosiy toʻy har hafta yakshanba kuni boʻladi. Jamoalar navbati bilan oʻz mualliflik savollarini dasturxon yozib, ZIYOfat tortishadi. Eng qizigʻi, har bir toʻyimizda boʻlganidek, shu tadbirdan oldin ham oʻziga hos marosim boʻlib oʻtadi. Diqqat savol: ushbu marosim nomini bir xil harflar bilan boshlanuvchi 2ta soʻzda yozib bering.

Manba