Instagramdagi videolardan birida blits savollaridan iborat soʻrovnomada qatnashgan yigit BU SAVOLga 3 yil deb javob beradi. Video izohlarida 1965-yilda Fransiyada tugʻilgan yozuvchi va uning 1997-yilda nashr etilgan asari ham eslab oʻtilgan. Savol: Asar nomini emas, qatnashchiga berilgan savolni yozib bering.