Ingliz tilidagi Vikipediyaning soʻz oʻyinlariga bagʻishlangan maqolasida yozuvchi Jeyms Joys ushbu adabiy texnikaning ustalaridan biri ekanligi aytiladi. Maqola muallifining fikricha, adibning bir jumlasi aslida “they were young and easily frightened” kabi oʻqilishi kerak. Originalda esa ushbu jumladagi 2 ta soʻz farq qiladi: ulardan biri “freudened” soʻzidir. Ikkinchisini siz ayting.