Indoneziyada har yili 22-dekabr kuni maktablarda oʻquvchilar oʻzlari bilan suv va mato koʻtarib olishganini koʻrish mumkin. Bu buyumlar oʻquvchilarga UNI tozalash jarayonida kerak boʻladi Diqqat savol: UNI bir xil harf bilan boshlanuvchi ikki soʻzda yozib bering. || “Shoushenkdan qochish” filmi oxirida bosh qahramon Meksikadagi Sixuatanexo shahriga yoʻl oladi. Endining fikricha, bu yerga yetib olish uchun odam okean suvlari bilan goʻyoki oʻzining barcha gunohlarini yuvib yuborarkan. Shu sababli baʼzi tomoshabinlar Sixuatanexoni IKSga qiyoslashadi. Diqqat savol: IKS oʻrnidagi bir soʻzni yozib bering.