Ilk oʻrta asrlarga tegishli Xitoy yilnomalarida urushlarda old safda yoʻlboshchilik qilib, yogʻiylarga eng koʻp qoʻrquv solgan kishilarni Turk xoqonligi oʻz tillarida “moxedu” yoki IKS deb atagan. Xoqonlar ichida eng yuksak unvonga ega boʻlish “Moxedu-kexan”lik yoki IKS-xoqon ekani aytib oʻtiladi. Ruslarning mashhur ertaklarida IKSlarning uchtasi birgalikda koʻp qahramonliklar koʻrsatadi. Savol: IKS oʻrnidagi soʻzni yozib bering.