IKS haqidagi yozuvlarda odatda uning ustida qasamyod qilinishi qayd etiladi. Fetida va uning oʻgʻli haqidagi boshqa bir yozuvda esa IKSning yengilmaslik qobiliyati haqida soʻz boradi. 1979-yilda chiqqan “Boat on the River” qoʻshigʻi ham IKSning ishlaridan biridir. Oldingi jumlalarda bir necha harf tushirib qoldirilgan. Oʻsha harflarni tiklab, soʻzni asl shaklda javob kartangizga yozing.