zakovatklubi.uz

Ikkinchi Jahon Urushi davrida 25000 nafar yahudiyni hayotini saqlab qolgan palkovnik Xose Arturo Kastellanos “Salvadorlik X” nomini olgan. Nemis armiyasi Fransiyaga bostirib kirganida oʻn minglab qochqin hayotini saqlab qolgan konsul Aristid de Souza Mendezga esa qaxramonligi uchun, “Portugaliyalik X” nomi berilgan. Savol: X oʻrnidagi familiyani yozib bering. || U Ikkinchi jahon urushi davrida Polshadagi nemislar nazoratidagi lagerlarga hamshira sifatida tashrif buyurib, 2500 nafar yahudiy bolalarni qutqarib qolgan. U bolalarga uyqu dori berib, sumka, savat va qutilarga joylagan holda dezinfeksiya vositalarini yetkazib beruvchi yuk mashinalarida olib chiqqan. Savol: Siz Uning familiyasini yozib bering.

Manba