Ijtimoiy tarmoqdagi trollfootball sahifasida Messi Argentinalik boʻlmaganda uni qanday atashardi nomli hazil surat eʼlon qilingan. Masalan, Rossiyada uni Messov, Niderlandiyada Van Messi deb nomlashgan boʻlishardi. Blitsda shulardan uchtasini topishga harakat qilamiz. 1. Agar Messi bu davlatda tugʻilganda uni Messowski deb atashardi. Qaysi davlat? 2. Agar Messi bu davlatda tugʻilganda uni McMessi (Makmessi) deb atashardi. Qaysi davlat? 3. Agar Messi bu davlatda tugʻilganda uni Messipoulos deb atashardi. Bu qaysi davlat?