Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, bir kuni Aleksandr III oʻz kelib chiqishi haqidagi masalaga oydinlik kiritishga va Pavel I Petr III ning emas, balki Saltikov familiyali saroy aʼyonining oʻgʻli boʻlgani haqidagi mish-mishlarni tekshirishga qaror qiladi. Arxivlarni oʻrganib chiqqan bir tarixchi podshohga Pavel I ning otasi Petr III boʻlganini maʼlum qiladi – podshoh ixlos bilan choʻqinadi va: «Senga shukr, Yo Rabbiy, biz – qonuniymiz», deydi. Keyinchalik boshqa bir tarixchi oʻsha arxivlar asosida unga Pavel I Saltikovning oʻgʻli ekanini isbotlab beradi. Podshoh yana choʻqinadi va: «Senga shukr, Yo Rabbiy, biz – ...» deydi. Kim?