Krestguldoshlar oilasiga mansub ushbu oʻsimlik urugʻining rangiga koʻra uch turga boʻlinadi: oq (sariq), jigarrang va qora. Agar kimdir ushbu urugʻlardan tayyorlangan mahsulotni koʻp yey olsa, u haqida baquvvat va kuchli inson deyishadi. Aytishlaricha, Fors shohi Dariy III Aleksandr Makedonskiyga oʻz qoʻshinlarining sonini koʻrsatish uchun bir qop kunjut urugʻini yuborgan, Aleksandr esa bunga javoban men yuqorida aytib oʻtgan oʻsimlik urugʻlarini yuborgan, bu nafaqat qoʻshin sonini, balki uning kuchini ham anglatgan. Bu qaysi oʻsimlik?