Kabisa yili gʻoyasini — har toʻrtinchi yilda bir kun qoʻshishni — miloddan avvalgi 238-yilda Misr firavni Ptolemey III Everget ilgari surishga harakat qilgan, ammo u Misrda ommalashmagan. Rim sarkardasi Yuliy Sezar miloddan avvalgi 48-yilda ushbu islohotni amalga oshira oldi. Ammo Rim imperiyasida kabisa yilida 29-fevral boʻlmagan. Unda nima boʻlgan?