Taxminlarga koʻra, tosh davrida ular mamont suyaklaridan yasalgan. Loydan yasalganlari hozirgi Germaniya, Chexiya va Slovakiya hududlaridan topilgan. Miloddan avvalgi III ming yillikka kelib xitoyliklar ularni timsoh terisidan yasashgan. Miloddan avvalgi 1400-yillar atrofida ularni bronza va yogʻochdan yasashni oʻrganishgan. Peruliklar birinchi ming yillik oxiriga kelib ularni deyarli hozirgidek — teridan yasashgan. Bu nima?