Fridrix II: "Preferans — atoqli insonlar uchun fan, o‘rtamiyonalar uchun san’at va nodonlar uchun hunardir". Napoleon: "Bridj — bekorchi odam uchun mashg‘ulot, jangchi uchun ko‘ngilochar narsa, hukmdor uchun esa suv ostidagi qoyadir". XX asrning ikkinchi yarmi shiori preferans bilan emas, bridj bilan shug‘ullanishga chorlardi. Biz "preferans" va "bridj" so‘zlari bilan almashtirgan so‘zlarni to‘g‘ri tartibda ayting.