Ushbu nazariyaning eng ashaddiy raqibi ham uning asosiy dalillarini koʻrmaslikka ololmas edi. Nazariyaga koʻra, miloddan avvalgi II-I ming yilliklarda Yevropada nufuzli qabila boshliqlari boshchiligidagi ancha mustahkam qabila birlashmalari shakllanib boʻlgan edi. Bu dalillar nimalardan iborat?
Bular Angliyadagi Stounxenj kabi ulkan tosh boʻlaklaridan qurilgan megalitik inshootlardir. Kichik bir guruh odamlar ularni shunchaki qura olmas edi.