(Ushbu savoldan oldin bilimdonlarga sezdirmasdan ichishga suv berish kerak). Diqqat, ingliz kartalari! Qarshingizda — Ikkinchi jahon urushi davridagi ingliz uchuvchilarining anjomlari tarkibiga kirgan qarta dastasining nusxasi. Siz ular bilan bir daqiqa oʻynashingiz mumkin, soʻngra ayting — shtab ingliz uchuvchilariga asirga tushgan taqdirda ulardan aynan qanday foydalanishni buyurgan?
Qartani qoʻl ostidagi suyuqlikka botirib ivitish kerak edi, shunda u qochish uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan haqiqiy joy xaritasiga aylanardi.