Kompozitor Dmitriy Shostakovich Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II tomonidan choyga taklif qilingan. Choy ichib boʻlingach, Shostakovich qoshiqcha bilan stakandan limon boʻlagini olib, uni yeb qoʻygan. Etiketga koʻra bu mumkin emas edi va barcha hozir boʻlganlar dovdirab qolishdi. Qirolicha vaziyatni tuzatish uchun oʻzi ham limonni olib yedi. Bu voqeaning natijasi nima boʻldi?
Tez orada butun mamlakat boʻylab choy ichidagi limonni yeyish odati tarqaldi.