Diqqat, savolda "IKS" va "IGREK" soʻzlari bilan boshqa soʻzlar almashtirilgan. Patriarx Aleksiy II ning janozasida IKSning koʻplab vakillari ketma-ket hushini yoʻqotishdi. Avval mitropolit Kirillning mazasi qochdi, keyin arxiyepiskoplar Anastasiy va Aleksiy ham hushidan ketishdi. Buni koʻrgan tili oʻtkir dyakon Andrey Kurayev: "Mana, IGREK boshlandi", deb piching qildi. IKS va IGREK faqat oxirgi harfi bilan farq qiladi. IKS va IGREKni istalgan tartibda ayting.