Bir kuni imperator Yekaterina II aholi punktlaridan birining hududidan oʻtayotganda, uning aravasi gʻildiragi ostiga qaysidir hayvon skeletining bir qismi tushib qoladi. Arava toʻxtaydi. Imperator kutilmagan toʻsiqqa ehtiyotkorlik bilan qadam qoʻyib, skelet qismini ham, hayvonning oʻzini ham nomlab, veterinariya anatomiyasi boʻyicha katta bilimini namoyish etadi. Faqat rus tili grammatikasini bilmasligi pand beradi. Afsonaga koʻra, imperator tomonidan aytilgan ushbu ikki soʻz Rossiyaning mashhur shahriga nom bergan. Ushbu shaharni ayting.