Diqqat, savolda bir soʻz "U" soʻzi bilan almashtirilgan. Qarshingizda "Panch" jurnalidan olingan, kayzer Vilgelm II va Birinchi jahon urushi qurbonlari tasvirlangan karikatura. Karikatura "UNING tantanasi" deb nomlanadi. Dastlab UNI tilga olgan mashhur ibora 1933-yildagi pyesada paydo boʻlgan boʻlib, uning muallifi oʻz asarini Adolf Gitlerga bagʻishlagan. UNI ayting.