Diqqat, savolda almashtirishlar bor. Falastin Bosh vaziri bilan suhbat chogʻida Rim papasi Ioann-Pavel II isroilliklar olib borayotgan qurilishni qoraladi va ushbu mamlakatga tashrifini eslab shunday dedi: "Hech kim tushkunlikka, nafratga yoki qasosga berilmasligi kerak. Muqaddas Yer tinchlikka muhtoj va bu tinchlik qasosni emas, kechirimni, ajralishni emas, rishtalarni anglatadi". Ayting-chi, pontifik nutqidagi qaysi ikki soʻzni biz "rishtalar" va "ajralish" soʻzlari bilan almashtirdik?