Imperator Yekaterina II davrida (aniqrogʻi, 1773–75-yillarda) harbiy kollegiya prezidenti graf Zaxar Grigoryevich Chernishov boʻlgan, imperator Nikolay I davrida esa (1832–52-yillarda) harbiy vazir knyaz Aleksandr Ivanovich Chernishov boʻlgan. Bu insonlarda umumiy jihatlar bor edi: A) familiyalari, B) vazifalar doirasi, V) hali bu lavozimlarni egallamasdan oldin turli yillarda qoʻmondonlik qilgan oʻxshash harbiy operatsiyalari. B) va V) bandlari boʻyicha ularga hamrohlik qilishi mumkin boʻlgan uchinchi vatandoshimizning familiyasini ayting.