"Ich bin Wiener" — Avstriya poytaxti aholisi oʻzlari haqida gʻurur bilan shunday deyishadi, bu esa tarjimada "Men venalikman" degan maʼnoni anglatadi. Shu bilan birga, Vena shevasi adabiy nemis tilidan ancha farq qiladi. Shunga qaramay, barcha nemis tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarda Vena shevasidagi bir ibora 2001-yilning ikkinchi yarmida hazil tariqasida mashhur boʻlib ketdi. Uni taxminan shunday tarjima qilish mumkin: "Men charchadim, holdan toydim, ishga koʻmilib qoldim". Hurmatli bilimdonlar, ushbu Vena iborasida ishlatiladigan uchta soʻzni nemis tilida yoki oʻzbekcha transkripsiyada ayting.