IBM Amerika firmasining Syurix laboratoriyasi xodimlari mis plastinka ustiga uglerod atomlaridan iborat oʻnta qatorda oʻntadan shar shaklidagi molekulalarni joylashtirishdi. Bu nafaqat alohida molekulalarni, balki atomlarni ham harakatlantirishga imkon beruvchi rastrli tunnelli elektron mikroskop yordamida amalga oshirildi. Shu tariqa miniatyuralashtirish boʻyicha rekord oʻrnatildi... Nimaning rekordi?
Choʻtning (molekulalar — choʻt donachalari vazifasini bajargan).