VII asr oʻrtalarida hukmronlik qilgan xalifa Umar I ning noiblaridan biri — Abu Jafar — haddan tashqari mustaqil siyosat yuritib, oʻz hukmdorining noroziligiga sabab boʻladi. Unga qarshi jazo ekspeditsiyasi tayyorlanayotganini bilgan Jafar ma’lum bir harakatni amalga oshirishni buyuradi. Taxminan oʻn ikki asr oʻtgach, buning teskari harakatida qatnashgani uchun Fransiya, Avstriya, Britaniya va Italiyaning oliy mukofotlari bilan taqdirlangan insonni ayting.