AQSHda uni "ruhiy xasta", "syurrealist" va "ruhan yevropalik" deb atashadi. Dastlab uning eng mashhur shohasari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Amerikalik uy bekalarining g'azabi cheksiz edi. O'zingiz o'ylab ko'ring: qurbon kokain va iflos jinsiy aloqadan hazar qilmasdi, asar qahramonlari esa haqiqiy ziyolilar kabi Persi Bishi Shellidan iqtibos keltirishardi, buning ustiga finalda yovuzlik ezgulik ustidan g'alaba qozonadi, buni esa AQSHda yoqtirishmaydi. Ushbu asarga qarshi hatto norozilik namoyishlari ham bo'lib o'tdi. Ularning ishtirokchilari qo'lida tez orada barqaror abbreviaturaga aylangan WKLP yozuvi tushirilgan plakatlar, stikerlar va futbolkalar bor edi. Ushbu abbreviaturani (ingliz tilida yoki tarjimada) ochib bering.
"Who killed Laura Palmer?" (Lora Palmerni kim o'ldirdi?).