Komendant A.P. Bashutskiy shunday voqeani eslaydi. Uning oldiga imperator Aleksandr I kelib, jahl bilan deydi: — Janob komendant! Bu qanday tartib! Tasavvur qilib boʻladimi! Pyotr Buyuk haykali qayerda? — Senat maydonida. — Bor edi-yu, yoʻq boʻldi! Bugun tunda oʻgʻirlashibdi. Boring, qidirib toping! Bashutskiy rangi oqarib chiqib ketadi. Birozdan soʻng xursand boʻlib qaytadi va eshikdan: — Xotirjam boʻling, Aʼlohazratlari. Haykal joyida, sogʻ-omon turibdi! Biror kor-hol boʻlmasligi uchun uning yoniga soqchi qoʻyishni buyurdim! Shundan soʻng imperator unga nimani eslatib qoʻygan?