Rus armiyasidagi yangiliklar noodatiy yechimlarni talab qilardi. Bunday yechimga Pyotr I ning askar mundirlari yengining qaytarmasiga tashqi tomondan qalay tugmalar qadash haqidagi farmoni misol bo‘la oladi. Ma’lumki, bu tugmalar na harbiy ehtiyojlar uchun, na moda nuqtayi nazaridan kerak edi. Xo‘sh, ular nima uchun qadalgan?
Tugmalar askarlarga ovqatdan keyin odatdagidek og‘izlarini, tumov bo‘lganda esa burunlarini yeng bilan artishga yo‘l qo‘ymas edi. Bunday farmon chiqarib, Pyotr I askarlarni kaltaklarsiz mundir matosini buzadigan yomon odatdan qutqargan.