Nikolay I Osip Ioannovich Grechdan BU nima uchun kerakligini soʻraganida, u: "Savadlilarni savodsizlardan ajratish uchun", deb javob bergan. BU narsa "belyak"da bor boʻlib, "balyk"da yoʻq boʻlgan narsa uchun, shuningdek, xantal (gorchitsa) usiz bemalol yashay oladigan, lekin yerqalampir (xren) usiz yashay olmaydigan narsa uchun qoʻllanilgan. Keyin esa, aftidan, savodsizlarga ularni savodlilardan osongina ajratish mumkinligi alam qilgan va BU narsa gʻoyib boʻlgan. BUNI tasvirlang.