gotquestions.online

X.L. Borxesning hikoyalaridan birida Birinchi jahon urushi yillarida Londondagi nemis agenti aloqasiz qolib ketgani tasvirlanadi. Uning sherigi qoʻlga olingan, oʻzi esa kontrrazvedka taʼqibida edi. Uning qoʻlida bor-yoʻgʻi — Amerika soati, kvadrat tangali nikel zanjir, kalitlar shodasi, yon daftar, xat, krona, ikki shilling va bir necha pens, qizil-koʻk qalam, dastroʻmol, bitta oʻqli revolver va telefon maʼlumotnomasi bor edi. Shu narsalar yordamida u baribir Markazga oʻzining soʻnggi maʼlumotini — Fransiyadagi front chizigʻida ingliz artilleriyasining yangi parki aynan qayerda joylashganini yetkazishga muvaffaq boʻldi. U buni qanday qildi?

Manba