Bir kuni Angliya qirolichasi Elizaveta I oʻzining sevimlisi, yozuvchi, faylasuf, qaroqchi va avantyurist Uolter Reylini oʻsha paytdagi yangi urf boʻlgan mashgʻulot — tamaki chekish ustida tutib oldi. «Hatto siz ham, shuncha aqlingiz bilan, bu tutunning vazni qancha ekanligini bila olmaysiz», — deb jilmaydi qirolicha. Ser Uolter, harakatdagi vulqondek tutun chiqarib, oʻylanib qoldi va javob berdi: «Bila olaman, qirolicham». Oʻziga xos zukkolik bilan u bu masalani hal qildi. Siz ham uni hal qiling!
U tamaki solingan trubkani chekishdan oldin va chekib boʻlgach, unda faqat kul qolganida tortib koʻrdi. Farq tutunning vazniga teng edi.