Nikolay Gromovning "Tarixiy shaxslar yumori" kitobida mashhur insonlarning tarixiy lahzalarda aytgan hazil iboralari keltirilgan. Masalan: "Attang, aroq haqida oʻylash kerak, kallada esa qandaydir jadvallar!" (D.I. Mendeleyev); "Odamlar mazza qilib yashashyapti-ya!" (Pyotr I); "Oyi, tushimda yana uchibman!" (Z. Freyd). Diqqat, savol: kitob muallifining fikricha, "Oʻgʻlim, maktabda ishlaring qalay?" degan ibora kimga tegishli boʻlgan?