Xitoyda bunga soliq miloddan avvalgi ikkinchi ming yillikdayoq joriy qilingan. Rim konsuli Liviy Ikkinchi Puni urushi xarajatlarini aynan shunday soliq yordamida qoplagan, buning uchun u oʻziga xos laqab olgan. Miloddan avvalgi I asrda Pliniy Katta buni zaruriyat jihatidan quyoshga tenglashtirgan. Efiopiyada oʻtgan asrda ham bunga kelin sotib olish mumkin edi, 1936-yilda Italiya qoʻshinlari Addis-Abebani egallaganida esa, milliy bank seyflaridan oltin gʻishtlar bilan birga buning uyumlari ham topilgan. Bu nima?