Yevropada uni geliant deb atashgan. Pyotr I buyrugʻi bilan yangilikning urugʻlari Gollandiyadan olib kelingan. Tez orada buta deyarli har bir hovli toʻrida faxrli oʻrin egalladi. Uni oʻrganish boshlanganda, barglaridan matolar uchun boʻyoq, savatchalaridan chorva uchun tansiq yem, poyasidan esa tola tayyorlash mumkinligi ma'lum boʻldi. Ammo asosiy kashfiyot hali oldinda edi. Ushbu oʻsimlikdan yana nima olish mumkin edi?