HTTP protokolining xatolarini ichida foydalanuvchilar koʻproq 404 statusi bilan toʻqnash keladi. Bu Not Found (“topilmadi”) ishorasi foydalanuvchi tomonidan soʻralgan sahifa saytda mavjud emasligida koʻrinadigan xatodir. Bundan boshqa xatolar ham mavjud. Masalan 403 – Forbidden (“taqiqlangan”) xatosi ham koʻrsatilishi mumkin. Bunda saytda soʻralgan sahifa borligi, lekin u yerga kirish huquqi chegaralanganligi bois foydalanuvchiga ochib bera olmasligini anglatadi. Koʻplab xatolar ichida shunday kod ham borki bu davlat organlari yoki mualliflar tomonidan sahifani koʻrishga taʼqiq qoʻyilganini bildiradi. Savol: Bu qaysi kod?